Jahon | 20:50 / 17.04.2026
2342
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi

Endi chegara xizmati xodimlari vokzal va aeroportda Rossiyaga kirayotgan yoki undan chiqayotgan har bir kishining elektron qurilmalari - smartfon, planshet, noutbuk va boshqa gadjetlarini ko‘zdan kechirishi mumkin.

Foto: irk.ru

2026 yil aprel oyidan boshlab Rossiyaning «Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi federal qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa FXX Chegara xizmatining vakolatlarini kengaytirdi.

Endi chegara xizmati xodimlari vokzal va aeroportda Rossiyaga kirayotgan yoki undan chiqayotgan har bir kishining elektron qurilmalari - smartfon, planshet, noutbuk va boshqa gadjetlarini ko‘zdan kechirishi mumkin.

Tekshirish quyidagi asoslar mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi: chegara rejimini buzganlikda, kontrabanda, ekstremizm yoki boshqa huquqbuzarliklarda gumon qilinganda. Qonun hammani ommaviy ravishda to‘liq tekshirishni nazarda tutmaydi - ko‘rik tanlab o‘tkaziladi, ammo shubha tug‘ilganda majburiy bo‘ladi.

Rad javobi nima bilan tugaydi? Agar chegarachi tekshiruv uchun qurilma berishni talab qilsa, fuqaro esa rad etsa, bu qonuniy buyruqqa bo‘ysunmaslik sifatida baholanishi mumkin. Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, jazo 5 mingdan 7 ming rublgacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqdir.

Elektron qurilmalarni tekshirishning shunga o‘xshash amaliyoti uzoq vaqtdan beri ko‘plab mamlakatlarda, jumladan AQSh, Kanada va Yevropa Ittifoqi davlatlarida mavjud. O‘zgarishlar chegara nazoratini kuchaytirishga qaratilgan. Hozircha amaliyot shuni ko‘rsatdiki, ko‘pincha fuqarolarning ma’lum toifalari kuchaytirilgan e’tiborga tushadi, biroq rasman huquq barchaga taalluqlidir.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid