Rossiya taşqarida «bosimga uçragan fuqarolarini himoya qiliş» bahonasi bilan agressiya siyosatini yangilamoqçi;

Bu xalqaro qonunçilikka zid norma. Ammo dunyo allaqaçon xalqaro huquqdan yuz ögirib böldi;

«Döst bölmagan davlatlarga navbatdagi signal».

Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Rossiya Davlat dumasi prezidentga rossiyaliklarga «tazyiq ötkazilayotgan» mamlakatlarga qöşin kiritiş vakolatini beruvçi qonun loyihasi haqida öz fikrlari bilan bölişdi.

 Rossiya Davlat dumasi prezidentga rossiyaliklarga «tazyiq ötkazilayotgan» mamlakatlarga qöşin kiritiş vakolatini beruvçi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Bu hujjat amalda Vladimir Putinga xorijiy davlatlarga qarşi harbiy amaliyotlar boşlaş huquqini qonuniy jihatdan mustahkamlab beradi. Kamoliddin Rabbimov qonun loyihasi haqida öz fikrlari bilan bölişdi.

Rossiya Federatsiyasida yangi qonun qabul qilinmoqda. Qonun mazmuniga köra, agar boşqa davlatlarda Rossiyaning bir yoki bir neça fuqarolari qamoqqa olinadigan bölsa va Rossiya davlatçiligi bu qamoqqa olişni nomaqbul, noqonuniy, qabul qilib bölmas deb hisoblasa, mana şu şaxsni yoki rossiyalik fuqarolarni qutqariş uçun Rossiya (öşa davlatga) kuç işlatişi mumkin.

Birinçidan, qonun taşabbuskori Rossiya hukumatining özi, biror partiya emas. Qolaversa, bugun Davlat Dumasida hokimiyat partiyasi Yedinaya Rossiya asosiy joylarni egallagan.

Bu xalqaro qonunçilikka köra mutlaqo zid keladigan norma. Ya’ni boşqa davlatlarning suvereniteti bor, hududiy yaxlitligi bor va xalqaro özaro nizolarni hal qiliş mexanizmlari bor. Lekin Rossiya «men qudratli davlatman, men kuç işlata olaman va mana şu fonda, xoh u Amerika bölsin, xoh boşqa davlatlar, xalqaro qonunçilikni mensimay turgan paytda men ham özimga şunday ruxsat beraman», demoqda.

Uçinçi va asosiy masala Rossiyaning asosiy maqsadi — bu qöşni davlatlarga özining qora röyxati borligini, Rossiyaga yaşirinça yoki oşkora duşman bölgan davlatlar, aniqroği döst bölmagan davlatlarga signal beriş. Bu bilan Rossiya bir vaqtning özida içki siyosatda hokimiyat legitimligini, agressiv, şovinistik va imperialist ekanini körsatmoqçi. Aniqroği «bundan keyin xalqaro huquq işlamaydi, agar bizning imkoniyatimiz va kuçimiz yetadigan bölsa, aytaylik, Boltiqböyi davlatlarida yoki Moldovada yoki possovet hududining boşqa bir davlatida Rossiya uçun qimmatli bölgan va qonunni öşa davlatlarda buzgan şaxslar qamoqqa olinadigan bölsa, biz kuç işlatiş huquqini saqlab qolamiz va kuç işlatiş bilan tahdid qilamiz, siyosiy, geosiyosiy bosim qilamiz» demoqçi.