O‘zbekiston | 14:47 / 17.12.2018
6007
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kadrlar tayyorlash borasida xorijiy OTM bilan hamkorlikni kengaytiradi

Foto: 123RF

O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash borasida xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik kengaytiriladi. Bu respublikada oliy ta'lim sifatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab qo‘yiladi.

Bunda rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida har yili respublika oliy ta'lim muassasalarining salohiyati va ilmiy-pedagogik kadrlari soniga muvofiq yoshlarni magistraturada va oliy ta'limdan keyingi ta'limda o‘qitish yoki ilmiy ishlar himoyalarini o‘tkazish bo‘yicha aniq manzilli dastur ishlab chiqiladi. 

Oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv jarayonlariga xorijiy mutaxassislar, olimlar va o‘qituvchilarni tizimli ravishda jalb etish rejalarini ishlab chiqiladi, oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning rivojlangan xorijiy davlatlar yetakchi oliy ta'lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish reja-grafiklarini o‘quv yili uchun ishlab chiqiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bu boradagi ishlar uchun mas'ul bo‘ladi.

Mavzuga oid