Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi o‘quv yilidan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim takomillashtirilgan standartlar asosida olib boriladi
5 ta oliy ta’lim muassasasining 18 ta bakalavriat va 14 ta magistratura mutaxassisligining “ta’lim dasturlari”, ya’ni malaka talabi, fan katalogi va o‘quv dasturini (sillabus) o‘zida jamlagan o‘quv-uslubiy hujjatlar kompleksi yangi o‘quv yilidan sinov tariqasida joriy etiladi.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengashda 2025/2026 o‘quv yili uchun ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan 5 ta oliy ta’lim muassasasining 18 ta bakalavriat va 14 ta magistratura mutaxassisligining “ta’lim dasturlari”, ya’ni malaka talabi, fan katalogi va o‘quv dasturini (sillabus) o‘zida jamlagan o‘quv-uslubiy hujjatlar kompleksi muhokama qilindi va yangi o‘quv yilidan sinov tariqasida joriy etilishi belgilandi.
Ta’lim dasturlari xalqaro ta’lim standartlariga integratsiyani kuchaytirib, kredit-modul tizimi orqali talabalarni xorijda ta’lim olish va tajriba almashish imkoniyatini kengaytirish, talaba-yoshlarning ta’lim maqsadlarini aniq belgilash orqali fanni chuqur o‘zlashtirish, kasbiy malakani uzviy rivojlantirish hamda ilmiy izlanishlarga keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.
Shuningdek, kengashda yangi ochilgan 26 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 107 ta magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari hamda fanlar kataloglari ta’lim sohalari bo‘yicha kadrlari buyurtmachilari talablari hamda mehnat bozorining eng so‘nggi yutuqlari asosida takomillashtirilganligi qayd etilib, 2025/2026 o‘quv yilidan joriy etilishi belgilandi.
Mavzuga oid
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
20:55 / 29.08.2025
Oliy ta’lim vazirligi 5 ta xususiy universitetning qo‘shimcha litsenziyasini xatoga chiqardi. Adliya vazirligi xatolik bo‘lganini rad etdi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
00:18 / 16.11.2020