Oliy ta'lim vaziri: Hozirgi tizimda ham talabalarga olgan bahosiga qarab stipendiya to‘lanadi
31 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat dasturining 2019 yil III choragida bajarilishining borishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti tinglandi.
Majlisda deputat Rasul Kusherbayev oliy ta'lim muassasalarida stipendiyaning baholar kesimida emas, hammaga bir xil miqdorida – 400 ming so‘m etib belgilanayotgani jamoatchilik o‘rtasida keskin norozilik keltirib chiqarayotgani, yaxshi o‘qigan talabalar rag‘batlantirilishi kerakligi, yangi tartibga ko‘ra buning aksi bo‘layotgani, natijada talabalar darslardan keyin ishlashga majbur bo‘layotgani, bu esa ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini inobatga olib, Hukumatdan mazkur masalani qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidovga ko‘ra bu masala kun tartibida turibdi. Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida shu yilning 23 sentyabrdan 6 oktyabrgacha muhokama etilgan Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi yuzasidan juda ko‘plab takliflar kelib tushgan. Ularning ichida eng ko‘p so‘ralgani – differensiatsiyalash, ya'ni talabalarning o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdorini belgilash ustida ishlandi.
«Bu masala dolzarb, bu masala kun tartibidan olingani yo‘q. Hozirgi kunda tushgan asosiy taklif - differensiatsiyalash, ya'ni talabalarning o‘qishi natijalari inobatga olingan holda stipendiya miqdori belgilanishi ustida ishlandi. Tez orada bu borada nizom qabul qilinadi.
Hozir ham differensiatsiya bormi? Bor. O‘qish natijalari inobatga olingan holda, xuddi oldingi tizimda bo‘lgani kabi. Bir xil emas. Negadir shunday fikrlar tug‘ilgan. Haliyam differensiatsiyalashgan tizim amalda. Ya'ni, «to‘rtlik», «beshlik». Talabalar bahosiga qarab oshirilgan miqdorda stipendiya olishlari mumkin. 400 mingdan 800 minggacha oshirish ham mumkin», deya Inomjon Majidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
15:34 / 20.10.2024
Rossiyalik deputat O‘zbekiston fuqarolariga viza rejimini joriy etishga chaqirdi. Jamoatchilik bunga javob qaytardi
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
16:58 / 06.02.2024
TDYuU talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etiladi
20:54 / 23.01.2024