Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tölaş tartibi va miqdorlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

2019/2020 öquv yilidan boşlab Respublika oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi şaklida davlat granti va bir yillik öqitiş qiymatining stipendiyali miqdorini tölagan, tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalarni (xorijiy talabalardan taşqari) stipendiya bilan ta'minlaş tizimi joriy etiladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, oliy ta'lim muassasalariga ega bölgan boşqa vazirlik va idoralar talabaning har oyda tölanadigan bazaviy stipendiya miqdorini tölov-kontrakt şaklida öqitişning qiymati miqdoriga öz xohişiga köra kiritilişini inobatga oladilar.

Bunda, öquv yili uçun tölov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda tölanadigan stipendiya summasi talabaga uning özlaştiriş körsatkiçlaridan qat'iy nazar tölanişi belgilanadi.

2019/2020 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasalarida öqitişning kunduzgi şaklida davlat granti va bir yillik öqitiş qiymatining stipendiyali miqdorini tölagan, tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan hamda nomli davlat stipendiyalariga tavsiya etilgan (xorijiy talabalardan taşqari) Oliy ta'lim muassasalari talabalari stipendiyalarining bazaviy miqdorlari belgilanadi.

Bunda, davlat granti va tölov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalarga tölovni qaysi körinişda (stipendiyali yoki stipendiyasiz) amalga oşirganidan qat'iy nazar, quyidagi rağbatlantiriş tölovlari tayinlanadi:

barça fanlar böyiça özlaştiriş körsatkiçi faqat “a'lo” baho (reyting körsatkiçi 86 balldan kam bölmagan) bölgan talabalarga navbatdagi öquv semestri davomida bazaviy stipendiyaning 15 foizi miqdorida;

özlaştiriş körsatkiçi faqat “a'lo” hamda “a'lo” va “yaxşi” baho bölgan yoki jamoat işlarida faol yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabaga navbatdagi öquv semestri davomida tayinlangan jami stipendiyaga nisbatan 50 foizgaça miqdorda;

iqtidorga ega, xalqaro yoki respublika yoki oliy ta'lim muassasasi miqyosida talabalar örtasida ötkazilgan fan (ta'lim yönalişi) olimpiadalari ğolibi bölgan talabaga bazaviy stipendiya miqdoriga nisbatan bir öquv yili davomida quyidagi tartibda alohida moddiy rağbatlantiriş tölovlari tayinlanadi: