Rossiya Davlat dumasi deputati, «Spravedlivaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulligi fuqarolarni Rossiya armiyasida xizmat qilmaslikka çaqirgani sababli Özbekiston bilan viza rejimini joriy qiliş lozimligini aytdi.
«Özbekistonning Qozondagi Boş konsulligi Özbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi saflariga qöşilmaslikka çaqirdi. Nega ular sizni onalik uçun suyunçi pulini olmaslikka undamadi? Boşqa imtiyozlardan foydalaniş mumkin, lekin sizni boqayotgan mamlakatni himoya qiliş mumkin emas. Viza rejimi bilan hammasi hal böladi! Bunday «fuqarolar» bizga kerak emas», deb yozgan Mironov X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Özbekiston jamoatçiligi rossiyalik deputatning oxirgi sözlariga munosabat bildirdi.
«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi raisi Alişer Qodirov unga javobida «özbeklar haqqini odam öldirib emas, mehnat qilib topişi»ni ta’kidlagan.
«Rossiyani esa Mironovning özi, öğillari, kuyovlari va nevaralari himoya qilişi kerak. Bilişimça, ruslar ham Vatanni himoya qilişni özbeklardagidek muqaddas burç hisoblaydilar», degan Alişer Qodirov.
Oliy Majlis deputati, «Yuksaliş» harakati raisi Bobur Bekmurodov konsullik fuqarolarni Özbekistonda noqonuniy hisoblangan harakatlardan himoya qilişini tabiiy va adolatli, deb atadi va bunday tajovuzkor ritorika faqat ikki tomonlama munosabatlarga salbiy ta’sir körsatişini qayd etdi.
«Vatandoşlarimiz öz mehnatlari bilan Rossiyaning iqtisodiyotiga hissa qöşyapti. Ijtimoiy nafaqalarni inson hayotiga tahdid qiluvçi harakat bilan soliştiriş savodsizlik va ahmoqlikdir», deydi Bobur Bekmurodov.
Deputat Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi «Ittifoqçilik munosabatlari töğrisida»gi şartnomaning 7-moddasida «...bir tomon fuqarolari va yuridik şaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boşqa tomon hududida kafolatlaydigan samarali çoralar köradilar», deb yozilganini eslatdi.








