Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notarius pasportga oid ma'lumotlarni mustaqil tekshiradi
Foto: Depositphotos
2018 yil 14 sentabrdagi hukumat qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma'lumotlarini tekshirishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, unga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
Notarial harakatni amalga oshirish uchun davlat notarial idoralariga murojaat qilgan shaxsga oid ma'lumotlar notariuslar tomonidan barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma'lumotlar bilan solishtirish orqali mustaqil tekshiriladi.
Bunda notarius biometrik, shuningdek pasport ma'lumotlarini tekshirish uchun idoralararo elektron tizim orqali so‘rov yuboradi.
Vakolatli organ notarius so‘rovnomasiga asosan ma'lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.
Mazkur jarayonni amalga oshirish notarial harakat turiga qarab 15-30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:15 / 10.09.2025
2026 yildan notariusga shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish talabi bekor qilinadi
17:52 / 25.02.2025
Ayrim notarial xizmatlar narxi oshirildi
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
17:33 / 07.12.2024