«Notariat institutini yanada rivojlantiriş hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2025 yil 1 dekabrdan respublikada notarial tasdiqlangan nikoh şartnomalari nusxasini «Notarius» axborot tizimiga (Tizim) majburiy yuklaş tartibini joriy etiş orqali ularning aslini notariuslar tomonidan talab etiş bekor qilinadi.

Bunda notarial harakatlarni amalga oşiriş jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuvlar elektron qurilmalarda saqlanadi hamda ularni Tizimda töğridan-töğri notarial harakatga biriktiriş va saqlaş imkoniyati yaratiladi.

2026 yil 1 yanvardan notarial harakatlarni amalga oşiriş uçun notariusga Özbekiston fuqarosining şaxsini tasdiqlovçi hujjatning aslini taqdim etiş talabi bekor qilinadi.

Bunda fuqarolarning şaxsi ularning şaxsini tasdiqlovçi hujjat rekvizitlari orqali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda identifikatsiya qilinadi hamda biometrik ma’lumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilinadi.

2026 yil 1 apreldan köçmas mulk va undagi uluşlar bilan boğliq barça bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat röyxatidan ötkaziş uçun yuboriladi.

Söng, köçmas mulk obekti davlat röyxatidan ötkazilganda uning yangi mulkdori haqidagi ma’lumotlar kommunal xizmatlar taşkilotlarining elektron axborot tizimlariga avtomatik tarzda yuboriladi va ma’lumotlar bazalarida yangilanadi.