Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa vazirligi qo‘l jangi bo‘yicha chempionat o‘tkazdi. Milliy gvardiya, MXX, MHSK va “Dinamo” jamoalari bellashdi
Foto: Mudofaa vazirligi
Poytaxtning “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan qo‘l jangi bo‘yicha mamlakat Qurolli Kuchlari chempionati o‘tkazildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy harbiy sport klubi va “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport klubi sportchilaridan iborat jamoalar 7 vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Milliy gvardiya jamoasi birinchi, Markaziy harbiy sport klubi ikkinchi, Milliy xavfsizlik xizmati jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Chempionatning g‘olib va sovrindorlari diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov va Milliy gvardiya qo‘mondoni general-leytenant Bahodir Toshmatov ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:36 / 13.01.2026
Harbiy xizmatchilarning oyliklari oshiriladi
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:07 / 17.11.2025
Toshkentda 18 noyabr kuni harbiylarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tadi
18:14 / 30.07.2025