Prezident farmoyişiga muvofiq, Mudofaa vazirligi tizimidagi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetiga bir qança tayinlov amalga oşirildi.

General-mayor Farhodjon Ortiqoviç Şermatov Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farhodjon Şermatov / Foto: Prezident matbuot xizmati

Farhodjon Şermatov muqaddam Mudofaa vazirligi kadrlar boş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil iyunidan buyon Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimida işlayotgandi.

Polkovnik Tursunov Qodirjon Abdipattayeviç Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimiga tayinlandi.

Qodirjon Tursunov

Qodirjon Tursunov muqaddam Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugi qöşinlari qömondoni örinbosari bölgan, keyinroq u mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonoviç Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qöşinlar instituti boşliği lavozimiga tayinlandi.

Qahramonjon Zoidov

Polkovnik Abdulla Adhamoviç Hamroyev Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boşliği lavozimiga