O‘zbekiston | 08:41 / 15.04.2026
1973
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston harbiylari qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

Sharqiy harbiy okrugga qarashli «G‘urumsaroy» dala o‘quv maydonida O‘zbekiston va Hindiston harbiy xizmatchilari ishtirokida «Do‘stlik–2026» qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, zamonaviy harbiy ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘zaro tajriba almashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tantanali ochilish marosimida ushbu mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani, shuningdek, harbiy xizmatchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qo‘shma mashg‘ulotlar ikki davlat Qurolli Kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yettinchi bor tashkil etilmoqda. Ushbu formatdagi mashg‘ulotlar 2019 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda va o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

«Do‘stlik–2026» qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari 24 aprelga qadar davom etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid