Videoni körib yana bir bor ğazablandik, kimdir sökindi. Ammo manzaraga yuqoriroqdan qarasak... Gap prokurordami? Undan aynan mana şu narsalar talab qilinsa, u nima qilişi kerak edi? Keling, masalaning bu tomoniga nazar taşlaylik.

Özbekiston prokurorlarga yuklangan va yuklanayotgan vazifalar böyiça ğoyat noyob mamlakat hisoblanadi. Hatto davlatning boş mafkuraviy tarğibotçisi bölgan “Axborot” körsatuvida prokurorning yer haydab ketayotgan traktor ortidan temir asbob kötarib, haydov çuqurligini ölçayotgani aks etgan lavha körsatilgandi. Bu lavhani çet ellik kimdir körsa, miyasi ğovlab ketadi: prokuror va fermerning dalasidagi işlar – bu ikkisining bir-biriga nima aloqasi bor?

-hikH1hL02GgxXXGWbBSEJbz3suSIRNB.jpg (1280×720)
Foto: Prokuratura axborot xizmati
Foto: Prokuratura axborot xizmati
sQyeqfKbVSk1JS8qpFgXzJDt3RG0xbal.jpg (1280×960)
Foto: Prokuratura axborot xizmati
Foto: Prokuratura axborot xizmati
Foto: Prokuratura axborot xizmati
SNu9X7g5haKU3a0XeTi8Av2OiprKipEP.jpg (1280×853)
Foto: Prokuratura axborot xizmati
Foto: Prokuratura axborot xizmati

Angrendagi holat. Prokuror maktabga öziça bormagani aniq: u sektor rahbari hisoblanadi va boşqa sektor rahbarlari bilan yuribdi. Özidan talab qilingan vazifani bajarayotgani ham ayon, çunki ertaga kimdir şu maktabni tekşirsa, boşida kaltak sinadi. Ha, u “ötkazib yubordi”, söz tanlamadi, ammo u şunga örgangan va videosi tarqalib ketib, “qahramon”ga aylanişini öylamagan.