Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi haqida e’lon qildi
U AQSh harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tish uchun Eronga to‘lov qiladigan kemalarni qo‘lga olishidan ogohlantirgan.
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiy-dengiz kuchlari «Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kirishga yoki undan chiqishga urinadigan barcha kemalarning yo‘lini hech qanday istisnolarsiz to‘sib chiqishi»ni ma’lum qildi.
U blokada yaqin vaqtlar ichida boshlanishi, unga boshqa mamlakatlar ham qo‘shilishini qayd etgan.
Shuningdek, Tramp flotga Eronga to‘lov qilib bo‘g‘ozdan o‘tayotgan kemalarni aniqlash va qo‘lga olishni buyurgan. «Noqonuniy boj to‘laganlarning hech biri ochiq dengizda xavfsiz o‘tish imkoniga ega bo‘lmaydi», — degan AQSh prezidenti.
U AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashni boshlashini ham va’da qilgan. «Bizga yoki kemalarga o‘t ochgan har qanday eronlik to‘g‘ridan to‘g‘ri jahannamga ravona qilinadi!» – deya qo‘shimcha qilgan Tramp.
Amerika va Eron o‘rtasida 11-12 aprel kunlari Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida gapirarkan, Tramp tomonlar yadro muammosi bo‘yicha kelisha olmaganini ma’lum qilgan.
Muzokaralar davom etayotganida, 11 aprel kuni Tramp AQSh harbiylari «Ho‘rmuz bo‘g‘ozini tozalash jarayonini boshlagani» haqida ma’lum qilgandi.
AQSh va Eron 8 aprelga o‘tar kechasi harbiy harakatlarni ikki hafta muddatga to‘xtatib turish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Sulhdagi muhim shartlardan biri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi (dunyoda tashiladigan neftning beshdan bir qismi ushbu suv yo‘l orqali o‘tadi) ochilishi edi. Sulhning ilk kunida Eron bir necha kemani o‘tkazdi, keyin esa Isroil Livanni o‘qqa tutayotgani tufayli bo‘g‘oz yana yopib qo‘yildi.
The Wall Street Journal gazetasi yozishicha, urush boshlanganidan buyon Eron bir necha kemaga bir million dollar miqdoridagi to‘lov evaziga bo‘g‘ozdan o‘tishga ruxsat bergan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, jami 250 ga yaqin kema bo‘g‘ozdan o‘tish uchun to‘lov qilishga rozilik bergan.
Mavzuga oid
22:20 / 13.04.2026
Tramp Eron portlarining to‘liq dengiz qamali boshlanganini ma’lum qildi
22:16 / 13.04.2026
Sud Trampning WSJ nashriga 10 milliard dollarlik da’vosini rad etdi
22:02 / 13.04.2026
AQShning yangi rejasi: Ho‘rmuz blokadasi amalga oshadimi?
20:22 / 13.04.2026