Jamiyat | 16:16 / 11.11.2025
13991
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ildi

Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova oilasida 4 nafar egizak qiz tug‘ildi. 5 nafar qizni voyaga yetkazayotgan oilada farzandlar soni 9 nafarga yetdi.

Foto: SSV

Qarshi shahrida ayol 4 nafar egizak qizaloqlarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kitob tumanida yashovchi Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizni voyaga yetkazayotgan edi. Tug‘ilgan egizak qizaloqlardan so‘ng ularning farzandlari 9 nafarga yetgan.

Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga kelgan. Egizaklar 1400 gr, 1450 gr, 1600 gr va 1400 gr vaznda tug‘ilgan.

Ayni paytda qizaloqlar filialda xalqaro protokollar asosida parvarish qilinayotgani bildirilgan.

Yil boshida Toshkent shahrida ham 4 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid