Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amir Temur xiyoboni hududi 23 martdan 7 aprelga qadar vaqtincha yopiladi
Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yo‘llari ham vaqtincha yopiladi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026 yil 23 martdan 7 aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri bo‘ylab vaqtincha yopiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, cheklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh ko‘chalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohko‘chalari chegaralarida joylashgan xiyobon maydonining o‘ziga taalluqlidir.
Qayd etilishicha, ishlar davomida piyodalar yo‘laklari qoplamasini ta’mirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sug‘orish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish rejalashtirilgan.
Hokimlikning ta’kidlashicha, olib borilayotgan ishlar doirasida mavjud bo‘lgan birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmaydi.
“Aksincha, qo‘shimcha ko‘chatlar ekish va hududni ko‘kalamzorlashtirishni kuchaytirish ishlari ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Tutash ko‘chalarda avtotransport harakati va yo‘l bo‘yida to‘xtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qolishi aytilmoqda.
Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yo‘llari ham vaqtincha yopiladi.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026