Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Texpasport”ni har 5 yilda yangilash talabi kiritildi
Foto: YHXBB
O‘zbekistonda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma endi 5 yil muddatga beriladi. Bu – 30 mart kuni imzolangan hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, amaldagi “texpasport”larda berilgan sanasi ko‘rsatilgan, lekin amal qilish muddati ko‘rsatilmagan.
Avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda BHMning 10 foizi (hozirda 41 200 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.
“Texpasport” uchun to‘lovning o‘zgarish tarixi
O‘zbekistonda 2024 yil 1 aprelga qadar avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi bo‘lgan.
Ichki ishlar vaziri 2024 yil 30 mart kuni imzolagan buyruq bilan, 2024 yil 1 apreldan e’tiboran bu stavka 68 barobargacha oshirilgan: elektromobillar, mototsikllar va tirkamalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 barobari, qolgan barcha avtotransport vositalari uchun esa BHMning 6,84 barobari deb belgilangan.
2024 yil 2 may kuni ichki ishlar vaziri yana bitta buyruq imzolab, avtotransport vositalari, elektromobillar, mototsikllar va tirkamalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovini avvalgi darajasiga qaytargan: BHMning 10 foizi deb belgilangan. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi esa (aksariyat avtomobillar uchun 6,84 BHM, elektromobil va mototsikllar uchun 1,5 BHM) oshirilganicha qolgan.
Mavzuga oid
19:02
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:55
Qoidabuzarlik uchun kim javobgar bo‘lishini belgilab qo‘yish narxi – 41 ming so‘m
12:24 / 24.03.2026
O‘zbekistonlik haydovchilar uchun Yaponiyada 200 ta ish o‘rni ochildi
10:39 / 11.03.2026