Hayit arafasida xayrli taşabbus: oğir xastalikka çalingan 10 ming bolani davolaşga mablağ ajratildi. Kitob öqiganga 50 ming dollar: maktab öquvçilari uçun yangi musobaqa yölga qöyilyapti. Yöllardagi qoidabuzarlar yana avjida: mas’ullarning ikki oy oldingi qat’iyati vaqtinçamidi? Toşkent hokimidan şov-şuvli bayonot: u “xalq manfaati uçun” daraxt kesilsa, bundan fojia yasamaslikka çaqirmoqda.

Yakunlangan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

Xayrli maqsadlar uçun 57 mln dollar

Haftaning eng muhim yangiligi – oğir xastalik bilan kuraşayotgan minglab bolajonlarning soğayişi uçun mablağ ajratilayotgani bilan boğliq. Ma’lum bölişiça, oğir va nogironlikni keltirib çiqaruvçi kasalliklarga çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkaziş hamda boşqa tadbirlar uçun jami 690 mlrd söm mablağ yönaltiriladi.

Qurbon hayiti munosabati bilan işlab çiqilgan şu va boşqa takliflarni payşanba kuni prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov taqdimot qildi. Uning sözlariga köra, ajratilayotgan mablağlar doirasida nogironlik bilan boğliq 9 xil toifadagi oğir xastalikka çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkaziladi.

Bundan taşqari, onkogemotologik taşxis qöyilgan 2300 nafar bemorni tibbiy tekşiruvlardan ötkaziş, davolaş va zarur hollarda jarrohlik amaliyoti ötkaziş ham közda tutilgan. Yana kamida 350 nafar bemorga jigar yoki buyrak köçirib ötkaziladi. Şuningdek, 8 mingdan ziyod yetim bolalarning nomiga ötgan yili oçilgan bank omonatlariga yana 200 dollardan pul qöşiladi. 500 ta masjidda tahoratxona qurilişi yoki ta’mirlanişi ham belgilangan.

Bu xayrli işlarga jami 690 mlrd söm yoki qariyb 57 mln dollar ajratilyapti. Prezident qarorida moliyalaştiriş manbasi sifatida davlat maqsadli jamğarmalari va boşqa manbalar körsatib ötilgan.

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi