“Siqilib ketsa-da amallab yetib oladi” – ona şunday öyda 57 nafar bola qöy kabi ustma-ust ortilgan 8 örindiqli maşinaga öz farzandini 58-yölovçi qilib mindirişi fojia. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi şunça vaqtdan buyon aytib kelinayotganiga qaramay masalaga arzirli yeçim topmagani, umuman, bolalar hayotiga befarqlarça munosabatda bölayotgani yana bir fojia. Nurota tumanida 13 nafar boğça bolasini taşib ketayotgan Matiz avariyaga uçragani esa haqiqiy fojia. 

Kunida singan köza

Kun.uz bundan roppa-rosa bir yil avval bolalarni boğçalarga taşişda Damas maşinalari avtobusga aylantirilayotgani haqida lavha tayyorlab, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining bu boradagi harakatsizligini tanqid ostiga olgandi. Biroq böy-basti bilan körinib turgan muammoni körib körmaganga, bilib bilmaganga olgan vazirlik ötgan davrda uşbu masalaga arzirli yeçim topolmadi. Nomigagina ötkazilgan ayrim tarğibot tadbirlari esa birovga çivin çaqqançalik ta’sir qilmadi.

Bunday e’tiborsizlik öz sözini aytdi: Navoiy viloyatining Nurota tumanida 13 nafar boğça bolasini olib ketayotgan Matiz yöl transport hodisasiga uçradi.

Hodisa 5 may kuni ertalab sodir bölgan. Tumandagi oilaviy boğçalardan birining rahbari bölgan 34 yoşli ayol haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda 13 nafar tarbiyalanuvçi va özining 3 oylik çaqaloğini Matiz maşinasiga mindirib taşigan.

Ayol bolalarni yaşaş xonadonlaridan boğçaga olib ketayotgan bölgan. U harakat paytida boşqaruvni yöqotgan va maşina yöldan çiqib ketib, ağdarilgan. Oqibatda ayol vafot etgan, bolalar esa turli darajada tan jarohatlari olgan. Hatto bir bola koma holatiga tuşib qolgan.

8 örindiqda 58 bola

Nurotadagi holatdan söng hududlardagi yöl harakati xavfsizligi boşqarmalari bolalarni taşiş bilan boğliq aniqlangan holatlarni e’lon qila boşladi. Va jarayonda vaziyat bir yil avvalgisidan ham yomonlaşgani ma’lum böldi.

Avvaliga Samarqandda haydovçi Damas’da 28 nafar bolani taşib ketayotgani aniqlandi. Andijondagi holat esa bu borada “rekord” örnatdi: Izboskan tumanida 8 örindiqli mikroavtobusda 20 emas, 30 emas, 58 nafar bolani olib ketayotgan haydovçi uşlandi. Haydovçi davlat-xususiy şeriklik asosidagi «Xadiçabegim» boğçasining 58 nafar tarbiyalanuvçisini olib ketayotgan bölgan.