O‘zbekiston | 13:41 / 07.12.2019
30279
3 daqiqa o‘qiladi

Bolani tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima keskin oshiriladi

Foto: Shutterstoc

O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun e'lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 47-moddasining (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik):

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan uch baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

to‘rtinchi qismining sanksiyasidagi “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

47-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma'muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi - eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish - eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid