12:36 / 04.12.2018
7650

Sirdaryo va Jizzaxda besh kishi is gazidan zaharlandi

Foto: LADA.kz

Joriy yilning 3 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi uy bekasi F.A. uyida isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Jizzax shahrida 3 dekabr kuni Qaliya mahallasida yashovchi B.K. uyida tabiiy gazni chala yonishi oqibatida, gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.   

Shuningdek, shu kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi O.N.ni uyida isitish pechidagi tabiiy gazni chala yonishi oqibatida o‘zi va turmush o‘rtog‘i D.D. hamda o‘g‘li gaz isidan zaharlanib, kasalxonaga yotqizilganlar. 

Barcha holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlangandi.

Top