10:07 / 11.01.2019
24769

OAV: Rossiya va Xitoy qurollarning «to‘rtinchi o‘lchoviga» erishdi

Foto: Lockheed Martin

Amerikalik iste'fodagi general-mayor Govard Tompson fikricha, Rossiya va Xitoy mudofaa sohasida «to‘rtinchi o‘lchov»ga erishdi, bundan  gipertovushli qurollarning foydalanishga topshirilishi darak bermoqda. U bu haqda The Hill gazetasidagi maqolasida ma'lum qildi.

Tompsonning Mitchell Aerokosmik tadqiqotlar instituti hisobotiga tayangan holda qayd etishicha, agar AQSh gipertovushli qurolga ega bo‘lganida, unda nishonlarni katta tezlikda, shuningdek, uzoq nuqtalarda aniq mo‘ljalga olishi mumkin edi.

Shuningdek, iste'fodagi harbiyning ogohlantirishicha, Rossiya va Xitoy o‘z harbiy ta'sirini gipertovushli qurol yordamida sezilarli darajada kengaytirgan. Tompson fikricha, amerikalik siyosatchilar eng yangi qurollarning afzalliklarini tushunishmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq butun dunyoda tinch aholi tobora qurollanib borayotgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top