Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda quriladigan kichik AES loyihasida ishtirok etishi mumkin
Fransiya kompaniyalari O‘zbekistonda kichik AES qurish loyihasida ishtirok etishi mumkin. «O‘zatom» direktori Azim Axmadxo‘jayevga ko‘ra, Assystem, Bureau Veritas va Framatome bilan muzokaralar olib borilyapti.

Foto: Reuters
Jizzax viloyatida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga Fransiya kompaniyalarini jalb qilish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmadxo‘jayev Le Figaro nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Ushbu loyiha uchun Fransiya, albatta, eng yaxshi yechim va yordamni taklif qilishi mumkin. Biz texnik hamkor sifatida Assystem’ni, shuningdek, Bureau Veritas (mutaxassislar tayyorlash uchun) va elektr stansiyalarini texnik boshqarish uchun yaxshi yechimlarni taklif etuvchi Framatome kabi bir qancha fransuz kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qilmoqdamiz»,— degan «O‘zatom» rahbari.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, Fransiya kompaniyalari O‘zbekistonga nafaqat investor, balki texnologik hamkor sifatida ham qiziqish bildirmoqda. Mahalliy bozor uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi ham muhokama qilingan.
«Biz haqiqatan ham texnik mutaxassislarni tayyorlashimiz, ularni kompaniyalarimizning bu yerdagi ishi uchun talab qilinadigan ko‘nikmalar va usullarga o‘rgatishimiz kerak», — degan Fransiya va O‘zbekiston Iqtisodiy palatasi prezidenti Joanna Golas.
O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energetika faol rivojlanmoqda va 2030 yilga borib energiya balansidagi qayta tiklanuvchi energiya ulushini 16 foizdan 54 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.
Total Energies kompaniyasi Samarqand viloyatida 131 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi, Voltalia esa Xorazmda 100 MVt quvvatga ega Sarimay Solar stansiyasini qurishni boshladi. U 2025 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda atom energetikasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, jumladan, Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro konsorsium tashkil etishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
O‘zbekiston | 20:22
-
Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi
Fan-texnika | 20:20
-
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Jamiyat | 20:17
-
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

11:48
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

23:49 / 29.04.2025
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi

08:00 / 29.04.2025
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi

21:20 / 28.04.2025