Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni atom energetikasi sohasida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Qayd etilişiça, kelgusi beş yilda yana 25 gigavattli qayta tiklanuvçi energiya manbalari barpo etiladi. Bularning hisobiga yiliga 64 milliard kilovatt soat “yaşil” energiya olinadi. Umuman, 2030 yilga borib, jami generatsiyada “yaşil energiya” uluşini 50 foizdan oşiriş maqsad qilingan.

Yiğilişda iştirok etgan “Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev “Özbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi. U keltirgan ma’lumotlariga köra, 2040 yilga borib jahon elektr energiyasi işlab çiqarişida atom energetikasining uluşi hozirgi 9 foizdan 25 foizgaça yetişi mumkin.

“Özatom” rahbari ötgan yili Özbekiston “Rosatom” bilan Jizzaxda 330 MVt quvvatga ega kam quvvatli atom elektr stansiyasi quriş böyiça şartnoma tuzilganini ham eslab ötdi.

“Prezidentimiz uşbu loyiha turli xalqaro tuzilmalar iştirokida xalqaro xarakterga ega bölişi kerakligini alohida ta’kidladi”, — dedi u.

Ta’kidlanişiça, qurilişda Rossiya texnologiyalaridan taşqari Xitoyning noyadro texnologiyalari, Yevropaning turli dasturiy ta’minot va apparat vositalarini ham qöllaş rejalaştirilgan.

“Şu yöl bilan biz eng zamonaviy texnologiyalar yordamida uşbu loyihani amalga oşiriş uçun xalqaro konsorsium taşkil qilamiz”, — dedi Ahmadxöjayev.

Loyihada suv sarfini kamaytiriş maqsadida Vengriya yoki Xitoy işlab çiqaruvçilarining quruq sovitkiçlari ham işlatilişi mumkin.

Şuningdek, “Özatom” agentligi MAGATE bilan malakali kadrlar tayyorlaş va mamlakatda atom energetikasi loyihalarini amalga oşiriş jarayonida xavfsizlikni ta’minlaş böyiça alohida hamkorlik dasturini işlab çiqqan.

Ahmadxöjayev davlat rahbari tomonidan şu kabi loyihalarni amalga oşirişning boşqa şakllarini ham körib çiqiş böyiça topşiriq berilganini ta’kidlab ötdi.