11:45 / 06.07.2017
66628

21 iyuldan sovuq suv tarifi oshadi

«Suvsoz» korxonasi tomonidan Toshkent shahrida 21 iyuldan sovuq suv ta'minoti xizmati uchun yangilangan tariflar joriy etiladi. Toshkent shahri hokimiyati 4 iyul kuni yangi narxlarni tasdiqlagan. Tariflarning qimmatlashuvi elektr energiya va boshqa resurslar narxining qimmatlashuvi bilan bog‘liq.

Aholi uchun bir kub metr sovuq suv narxi 180 so‘mdan 190 so‘mga, kanalizatsiya xizmatlari 115 so‘mdan 155 so‘mga qimmatlashadi.

Hisoblagich bo‘yicha to‘lov amalga oshirishda markazlashgan issiq suv ta'minotiga ega ko‘p qavatli uylarda (issiq suvga hisoblagich bo‘lmaganda) 1 metr kub narxi 500 so‘m (hozirda — 410 so‘m), markazlashgan issiq suv ta'minotisiz — 345 so‘m (hozirda — 295 so‘m).

Xususiy sektor uylarida kanalizatsiya mavjud bo‘lganda bir kub metr suv narxi 295 so‘mdan 345 so‘mga, kanalizatsiyasiz — 180 so‘mdan 190 so‘mga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, hisoblash uskunalari bo‘lmagan holatlarda sovuq suv xizmati bo‘yicha to‘lovlar belgilangan tariflarga oshib boruvchi 1,5 koeffitsiyentni tatbiq etish bilan amalga oshiriladi.

Sovuq suv narxlari reyestri

Bungacha oxirgi marta o‘tgan yilning 1 oktabrida sovuq suv tarifi 8 foiz oshgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyuldan O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari ham oshadi.

Toshkent shahrida 15 iyuldan issiq suv ta'minoti va isitish tizimi xizmati tariflari ham qimmatlashadi.

Top