Muloqot çoğida davlatlar örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, mintaqaviy boğliqlik taşabbusi doirasida transport-logistika, investitsiya va xususiylaştiriş yönalişidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Transafğon temiryöli loyihasi iqtisodiy hamkorlikning negizi sifatida baholanib, uni birgalikda ilgari suriş, amalga oşiriş jarayonini tezlaştiriş maqsadida xorijiy şeriklarni jalb qiliş mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqiçga çiqarişda transport-logistika muhim örin tutişi qayd etildi. Tovar aylanmasi hajmlarini yanada oşiriş maqsadida logistika xarajatlari va tariflarini pasaytiriş böyiça qöşma "harakatlar rejasi"ni işlab çiqişga kelişildi.
"Toşkent-Lahor" yönalişidagi aviaqatnovlarning boşlangani barça darajadagi aloqalarni jadallaştirişi ta’kidlanib, ikki davlat şaharlari örtasidagi parvozlar geografiyasini kengaytiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
Iqtisodiy diplomatiya yönalişidagi hamkorlikning hozirgi darajasida ikki davlat biznes doira vakillari iştirokida biznes-forumlar taşkil etilişi yangi investitsiya loyihalarini işlab çiqiş, infrastruktura obektlari qurilişi va xususiylaştiriş jarayonida özaro iştirok etişga imkon yaratişi ta’kidlandi.












