Farğona viloyatida maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatiş uçun majburiy tölov tariflari qayta körib çiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, yangi narxlar (tariflari) quyidagiça belgilandi:

Qattiq maişiy çiqindilar uçun:

- Aholiga (bir kişi uçun) bir oylik tölov summasi (QQSsiz) şaharlar hududida 6696 söm, tumanlar hududida 5804 söm;

- Aholiga (bir kişi uçun) bir oylik tölov summasi (QQS bilan) şaharlar hududida 7500 söm, tumanlar hududida 6500 söm;

- Yuridik şaxslarga 1 m3 uçun (QQSsiz) şahar-tumanlar hududida 100 580 söm;

- Yuridik şaxslarga 1 m3 uçun (QQS bilan) şahar-tumanlar hududida 112 650 söm.