14:06 / 26.11.2021
72106

Samarqandda 13 yoshli qizning homilador bo‘lib qolishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand shahridagi 63-umumta'lim maktabida 2008 yilda tug‘ilgan o‘quvchi homilador bo‘lib qolgan. O‘quvchi qizning homilasi 25 haftalik bo‘lgan.

Foto: KUN.UZ

26 noyabr kuni Kun.uz’da Samarqand shahridagi maktablardan birida tahsil oladigan 13 yoshli qizning homiladorligi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 63-umumta'lim maktabida tahsil oluvchi 13 yoshli o‘quvchi qiz homilador ekani aniqlangan. Qizning homilasi 25 haftalik bo‘lgan.

Viloyat XTB va IIB axborot xizmatlari Kun.uz’ga bergan izohida hozirda mazkur hodisa huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda o‘rganilayotganini ma'lum qilgandi.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, 13 yoshli qizning homilador bo‘lib qolishi yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro F.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top