21:45 / 02.08.2018
47333

Test natijalari yaqin daqiqalar ichida e'lon qilinadi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov feysbukdagi rasmiy sahifasida yaqin vaqtlar ichida kirish imtihonlarining birinchi kuni natijalari e'lon qilinishini ma'lum qildi.

Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni – 1 avgust natijalari quyidagicha:

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 985 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 393 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 434 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori ball: 223,5;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli: 176,7.

O‘rtacha ball:
davlat granti – 142,9;
to‘lov-kontrakt – 123,7.

Oliy ta'lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori ball:
davlat granti – 223,5 ball Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudentsiya» (ruscha ta'lim yo‘nalishi);
to‘lov-kontrakt – 176,7 ball Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudentsiya» (o‘zbekcha ta'lim yo‘nalishi).

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz (http://www.dtm.uz/page/test_result) saytida soat 22:00dan keyin e'lon qilinadi.

Mavzu
Test-2018
1 avgustdan 15 avgustga qadar O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi imtihonlar avvalgi yillardagidan keskin farq qiluvchi formatda tashkil etilgan, xususan, test savollari 36ta emas, 30tadan, abituriyentlar esa natijalarni imtihonning keyingi kuniyoq bilishlari mumkin
Barchasi
Top