17:00 / 14.08.2017
94930

Imtihon javoblari 15 avgust kuni e'lon qilinadi

Foto: Kun.uz

2017 yil 1 avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari natijalari ertaga, 15 avgust kuni e'lon qilinadi. 

«Kun.uz»ning ishonchli manbalari ma'lum qilishicha, ayni vaqtga kelib test sinovi natijalarini hisoblash yakunlangan. Test sinovi natijalari respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda yetkazib berilgan.

Ayni vaqtda barcha oliy ta'lim muassasalarida test javoblarini e'lon qilishga tayyorgarlik ketmoqda.

Abituriyentlar 15 avgust kuni soat 8:00da qabul komissiyalari e'lon taxtasidan test sinovida to‘plagan ballarini bilib olishlari mumkin.

Bu yilgi imtihonlarda 730 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi, o‘rtacha tanlov bir o‘ringa 11tani tashkil etdi.

Top