15:52 / 04.01.2023
15165

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, tomonlar energetika, o‘zaro savdo aylanmasi va strategik sheriklik masalalari borasida fikr almashgan.

Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbiga 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH norasmiy sammiti vaqtidagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan.

Top