Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning fikricha, Yevropa mamlakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotga qaytish haqida haddan tashqari kech qaror qilgan.
Andrey Babish Foto: Petr David Josek/AP
Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Yevropa mamlakatlari rahbariyatini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishni istamaganlikda tanqid qildi. Vengriyaning Mandiner nashriga yakshanba, 18 yanvar kuni bergan intervyusida siyosatchi bunday aloqalar uchun endi kech bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Babishning aytishicha, Ukrainada urush boshlanganidan beri Yevropa yetakchilari Moskva bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardan qochib kelgan, bunday muloqotni qo‘llab-quvvatlab kelgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban esa tanqidga uchragan. “Endi, nihoyat, Yevropaga ham Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara olib borish kerakligi haqida tobora ko‘proq gapirila boshlandi. Savol faqat shunda: buning uchun juda kech bo‘lib qolmadimikan”, — dedi Chexiya bosh vaziri.
Shu bilan birga, u vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokisiz deyarli yo‘q, degan fikrni bildirdi.
Politico nashri 14 yanvar kuni xabar berishicha, ayrim Yevropa mamlakatlari hukumatlari YeI institutlariga bosim o‘tkazib, Ukrainadagi urushni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarda Yevroittifoq manfaatlarini ifodalaydigan alohida muzokarachini tayinlashni talab qilmoqda. Yevropada AQSh Rossiya bilan Yevropa ittifoqchilaridan chetlashib kelishuvga erishishidan xavotir bor.
Bu rejani qo‘llab-quvvatlovchilar orasida, jumladan, Fransiya va Italiya ham bor. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni so‘nggi haftalarda Rossiya prezidenti va uning atrofidagi doiralar bilan diplomatik aloqa kanallarini ochishga chaqirgan.
Ayni paytda Buyuk Britaniya bu taklifni rad etmoqda. Britaniya tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper Politico’ga 15 yanvar kuni bergan intervyusida, Ukraina ittifoqchilari urushni to‘xtatish uchun Putin bilan gaplashish o‘rniga, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar orqali iqtisodiy bosimni ham, Ukrainaga harbiy yordamni ham kuchaytirishi lozimligini aytgan.
Mavzuga oid
13:00
Yevroittifoqning Grenlandiya bo‘yicha favqulodda sammiti 22 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
10:25 / 19.01.2026
O‘zbekiston, Polsha va Chexiya agrosohada hamkorlikni kengaytiradi
08:30 / 19.01.2026