09:52 / 09.06.2020
104930

DTM test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatini e'lon qildi

Ro‘yxatda binolarning viloyatlararo taqsimlanishi, ularning test o‘tkaziladigan nechanchi bino sifatida qayd etilgani, manzili va lokatsiyasi aniq ko‘rsatilgan.

Davlat test markazi tomonidan 2020-2021 o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxati e'lon qilindi.

Mazkur ro‘yxatda binolarning viloyatlararo taqsimlanishi, ularning test o‘tkaziladigan nechanchi bino sifatida qayd etilgani, manzili va lokatsiyasi ko‘rsatilgan.

Ro‘yxatga ko‘ra, Toshkent shahri hududidan 12ta, Surxondaryo viloyatidan 9ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyatida 6tadan, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan viloyatlaridan 5tadan bino tanlab olingan. Bundan tashqari, qolgan barcha viloyatlardan ham 3-4tadan bino test o‘tkazilishi uchun mo‘ljallangan.

Binolar ro‘yxati va lokatsiyasi bilan DTM rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev 2020-2021 o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun respublika bo‘ylab 64 ta bino tanlab olinganini, ularning qaysi hududlarda joylashgani 5 kun ichida ommaga ma'lum qilinishini ta'kidlagan edi.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top