Bugun, 4 iyun kuni 2020/2021 öquv yili qabul jarayonini taşkil etiş yuzasidan dolzarb vazifalarga bağişlangan brifingda boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Behzod Musayev tomonidan joriy yilgi qabul yangiliklari haqida ma'lumot berildi.
«2020-2021 öquv yili kiriş imtihonlarini ötkaziş uçun respublika böylab 64 ta bino tanlab olindi. Bu binolarning qaysi hududlarda joylaşgani 5 kun içida ommaga ma'lum qilinadi», - deya qayd etdi Behzod Musayev.
Behzod Musayevning ta'kidlaşiça, Binolarda ijtimoiy masofa saqlaş uçun abituriyentlar soni qisqartiriladi. Imtihonning har bir smenasida 25 ming nafar abituriyent iştirok etişi rejalaştirilmoqda. Test sinovlari ötkaziladigan binolarda sanitariya qoidalariga rioya qiliş çoralari ham işlab çiqiladi.
«Abituriyentlar kiriş imtihoni ötkaziladigan binoga tibbiy niqob va rezina qölqopda, haroratlari ölçangan holda kiritiladi. Har bir abituriyentga kamida 3 metr joy ajratiladi. Binolar har bir smenadan söng dezinfeksiya qilib boriladi», - dedi Behzod Musayev brifingda.


















