08:22 / 06.06.2017
81987

GM Uzbekistan avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi pasaytirildi

Avval xabar berilganidek, Shavkat Mirziyoyev «Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarorni imzoladi.
  
Qarorga ko‘ra, 2017 yilning 1 iyunidan boshlab «Jyeneral Motors O‘zbekiston» AJda ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizdan 27 foizga pasaytirildi. Biroq, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘lov amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi.
 
Pskent avtomobil poligonida «O‘zavtosanoat» AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasi tashkil etiladi. Shu sababdan avtomobillarni mintaqaviy sinov bazasi yer solig‘i, yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i va yuridik shaxsga daromad solig‘i hamda qator bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. 

Mavzuga oid
Top