17:18 / 30.04.2018
10969

Vitaliy Denisov Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘ynashi mumkin

«Bavariya» sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsumdan boshlab faoliyatini Rossiya klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda BFMTV nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Moskvaning «Lokomotiv» klubi prezidenti Ilya Gerkus hozirda ishsiz qolayogan italiyalik mutaxassis bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirgan. Ammo Anchelotti shuningdek Rossiyaning boshqa bir jamoasi «Zenit»da ham ish boshlashi mumkin. Bundan tashqari Xitoy klublari ham Anchelottiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Anchelotti Italiya terma jamoasini boshqarish taklifini rad qilgandi. Murabbiy shu kunga qadar «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «Pari Sen-Jyermen», «Real» va «Bavariya» klublaridagi ish faoliyati bilan tanilgan.

Top