Benzema va Anchelotti Yevropada tengsiz deb topildi
UYeFA o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi va murabbiyi nomini e’lon qildi.

Foto: Getty Images
Unga ko‘ra, «Real» va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Karim Benzema Yevropaning 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. U o‘tgan mavsum Madrid klubi bilan La Liga chempioni, UYeFA Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa Superkubogi sohibi hamda YeChL to‘purariga aylangandi.
Fransiyalik 34 yoshli hujumchidan tashqari, «Real» va Belgiya milliy jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua hamda «Manchester Siti» va Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne ham sovringa da’vogar edi.
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Italiyalik mutaxassis bu borada Yurgen Klopp («Liverpul») va Pep Gvardiolani («Manchester Siti») ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Anchelotti qo‘l ostida «Real» o‘tgan mavsum YeChL va La Liga g‘olibiga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bag‘rikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida tizim yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 11:05
-
"O‘zbekinvest" International Insurance Society (IIS) ga a’zosiga aylandi
O‘zbekiston | 11:00
-
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi
Jamiyat | 10:53
-
Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 10:34
Mavzuga oid

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi

23:50 / 17.12.2024
Vinisius eng yaxshi futbolchi, Anchelotti eng yaxshi murabbiy. FIFA The Best 2024 g‘oliblarini e’lon qildi

00:08 / 07.11.2024