14:44 / 25.09.2018
25846

Futbolchilar belgilangan penalti uchun hakamni do‘pposlashdi

Indoneziya chempionatining ikkinchi divizionida o‘tkazilgan uchrashuvda bosh hakamni kaltaklashdi.

Hodisa «Gresik Yunayted» va «Persiva Vamena» o‘rtasidagi bahs yakunida sodir bo‘ldi. Hakam 90-daqiqada mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Hakamning qarori futbolchilar o‘rtasida norozilik keltirib chiqardi hamda ular referiga tashlanishdi. Natijada ikki futbolchi maydondan chetlatildi, penalti esa aniq amalga oshirildi.

Top