Turizm | 19:34 / 11.01.2026
2829
2 daqiqa o‘qiladi

Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Malayziya Foto: Shutterstock

Unga ko‘ra, 2026-2027 yillarda Malayziya va Indoneziyadan "ziyorat turizmi" “ziyorat turizmi” yo‘nalishida sayyohlar oqimini 100 ming nafarga yetkazish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

Qarorda belgilanishicha, 2026 yil yakuniga qadar Turizm qo‘mitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan “Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSh dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Malayziyalik va indoneziyalik sayohatchilarning Ramazon hayiti va Qurbon hayiti bayramlarini O‘zbekistonda o‘tkazishi yuzasidan choralar ko‘riladi. Malayziya va Indoneziyada “Imom Buxoriy izidan” va “Ramazonni O‘zbekistonda o‘tkaz” tematik turizm targ‘iboti kampaniyalari tashkil etiladi. Malayziyaning musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan hududlarida ziyorat turizmi bo‘yicha alohida roadshoular tashkil etiladi.

“Umra plyus” ziyorat turizmi dasturi doirasida Toshkent shahri va Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi obektlarni o‘z ichiga olgan turizm mashrutlari ishlab chiqiladi.

Transport vazirligi TIV va Turizm qo‘mitasi bilan birgarlikda 2 hafta muddatda dastur uchun mahalliy yoki xorijoy aviakompaniyaning 10 ta aviabortini, shu jumladan ijaraga olish orqali jalb qilishni ta’minlaydi. Shuningdek, Kuala Lumpur—Samarqand—Kuala Lumpur va Kuala Lumpur—Buxoro—Jidda— Kuala Lumpur hamda Jakarta—Samarqand—Jidda—Jakarta va Jakarta—Buxoro—Jidda—Jakarta turistik marshrutlari bo‘ylab aviqatnovlarni raqobatdosh narxlarda ishlab chiqilishini hamda dasturda ishtirok etuvchi turkompaniyalarga taqdim etilishini ta’minlaydi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid