Angliyaning «Çelsi» futbol klubi boş murabbiy Enso Mareska bilan xayrlaşdi.
«Klubdagi faoliyati davomida Enso Konferensiyalar ligasi va klublar örtasidagi jahon çempionatida muvaffaqiyat qozondi. Bu yutuqlar klubning eng yangi tarixining muhim qismi bölib qoladi va biz unga klub rivojiga qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik bildiramiz. Jamoa hali törtta turnirda asosiy maqsadlarga erişişi, jumladan, Çempionlar Ligasi yöllanmasini qölga kiritişi kerakligini inobatga olib, Enso va klub özgarişlar jamoaga kerakli yönalişga qaytiş uçun eng yaxşi imkoniyatni beradi, deb hisoblamoqda», deyiladi klub bayonotida.
London klubi 19 öyindan keyin 30 oçko jamğarib, APL turnir jadvalida 5-örinda bormoqda. «Köklar» barça musobaqalardagi sönggi töqqizta öyinning atigi ikkitasida ğalaba qozondi.
Enso Mareska - italiyalik futbol murabbiyi va sobiq yarimhimoyaçi, 1980 yil 10 fevralda Italiyaning Pontekanano-Fayano şahrida tuğilgan. Futbolçilik faoliyati davomida «Yuventus», «Sevilya», «Malaga», «Olimpiakos» va boşqa bir qator klublarda öynagan. Ispaniyada eng katta muvaffaqiyatga erişgan: «Sevilya» bilan ikki marta UYeFA Kubogini qölga kiritgan (2006, 2007). Faoliyatini tugatgandan söng, u «Mançester Siti» akademiyasida murabbiy bölib işladi va asosiy jamoada Pep Gvardiola ştabiga kirdi. 2023/24-yilgi mavsumda u «Lester Siti»ni Çempionşipda ğolib qildi va Premiyer-ligaga qaytardi. 2024 yil yozida «Çelsi» boş murabbiyi böldi. Uning qöl ostida klub Konferensiyalar ligasi va klublar örtasidagi jahon çempionatida ğolib çiqdi.








