09:23 / 05.10.2018
132454

O‘zbekistonda benzin narxini qanchaga oshirish rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: UNIAN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi (Kun.uz’da mavjud). Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqaldi.

Unga ko‘ra, benzinga narxlar oshishi quyidagicha yuz berishi mumkin: 

Ai-80 - bir litr uchun 4000 so‘m;
Ai-91 - bir litr uchun 4500 so‘m;
Dizel yoqilg‘isi - bir litr uchun 4800 so‘m;
EKO dizel yoqilg‘isi - bir litr uchun 4900 so‘m.

Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bor 2017 yil 15 noyabr kuni O‘zbekistonda benzin narxi 35 foizgacha oshgandi. Ai-80 markali avtobenzin uchun — 1 litriga 3800 so‘m, Ai-91 markali avtobenzin uchun — 1 litriga 4300 so‘m, Dizel yoqilg‘isi — 1 litriga 4100 so‘m bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, 2018 yil 15 fevralda O‘zbekistondagi yagona monopol tashkilot “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-95 benzini narxi oshdi.

Ta'kidlab o‘tish lozimki, benzinga narxlarni oshirish haqidagi qaror hali qabul qilinmagan. Bu boradagi o‘zgarishlar qachon kuchga kirishi ham noma'lum bo‘lib turibdi.

Top