Hukumat qarori bilan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Adliya vazirligi telegram-kanalida xabar qilinishicha, kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasiga kiritilgan transport vositalarining soniga teng nusxada rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiradigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha muddatga tuzilishi mumkin. Ilgari bu turdagi sug‘urta shartnomalari ham bir yil muddatga tuzilgan.