Boş prokuratura huzuridagi departamentning Uçtepa tuman bölimi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Unda, “H.S.” AJ Toşkent viloyati filialining sobiq direktori M.O. va suğurta agenti S.I. tomonidan qat’iy hisobda turuvçi umumiy qiymati 725,3 mln sömlik 7 775 dona suğurta polislarini mijozlarga sotib, savdodan tuşgan naqd pul mablağlarni talon-toroj qilgani aniqlangan.
Şuningdek, mazkur suğurta polislaridan 14 tasi yöl harakati hodisasi sodir etilganidan keyin rasmiylaştirilib, fuqarolarga jami 315,4 mln söm suğurta qoplamasi noqonuniy tölab berilgani natijasida AJ manfaatlariga jami 1 040,7 mln söm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Xabarda aytilişiça, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.













