Prezident qarori bilan, Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga kapital bozorini tartibga soliş böyiça vakolatlar berildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining bu boradagi quyidagi funksiya, vazifa va vakolatlari ILMAga ötadi:
- qimmatli qoğozlar savdosi taşkilotçilari va Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi faoliyatini tartibga soliş;
- korporativ boşqaruvni rivojlantiriş;
- suğurta taşkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oşiriş.
Agentlik bu sohalarda tartibga soliş, litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini amalga oşiriş böyiça vakolatli organ etib belgilandi.
Bundan taşqari, qaror bilan “Fond bozorining axborot resurs markazi” davlat unitar korxonasi va Korporativ axborot yagona portali (openinfo.uz) agentlikka beğaraz ötkazilişi belgilandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi haqida
Agentlikning ustuvor vazifasi kriptoaktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, kriptoaktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini ta’minlaşdir.
2017 yilda Loyiha boşqaruvi milliy agentligi sifatida taşkil etilgan. 2022 yilda esa Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nomi bilan qayta taşkil etildi.
2023 yil boşida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlarning kripto-aktivlar investitsiya vositasi böla oladimi degan savoliga javoban, bunga konservativ yondaşişi va unga munosabati salbiy ekanini aytgandi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi unga raddiya berib, Markaziy bankning kripto-aktivlar aylanmasi sohasida vakolatli organ emasligi, şuning uçun bunday bayonot berişga haqli emasligini bildirgandi.













