22:15 / 16.02.2019
17995

Ijtimoiy so‘rovnoma: Toshkent logotipiga qanday baho berildi?

8 fevral kuni Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi shaharning brend logotipini aniqlagandi.

Logotip to‘rtburchak shaklda bo‘lib, uning markazida havorang T harfi, Toshkentning oltin darvozalari naqshi tasvirlangan. Logotipdan turli tadbirlar, transport vositalari, parklar, jamoat xizmatlari turlari uchun ham moslashtirib, turli talqinlarda foydalansa bo‘ladi.

Tanlov natijasi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Kun.uz Toshkent shahrining brend logotipiga keng jamoatchilik bahosini aniqlash maqsadida poytaxt markazi, metro bekatlari hamda Toshkent arxitektura va qurilish instituti talabalariga murojaat qildi.

Dizayner Temur Sa'diy tomonidan taklif etilgan va tanlovda g‘olib bo‘lgan Toshkent shahri logotipi
Foto: Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchili kengashi
Foto: Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchili kengashi
Foto: Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchili kengashi

Ijtimoiy so‘rovnoma natijasi bilan video orqali to‘liq tanishishingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Mavzuga oid
Top