Apple’da ta'kidlanişiça, nok olmani eslatadi va şu sababli mijozlarni çalğitişi mumkin. Kompaniya fikriça, bu Lenxem qonunining buzilişi hisoblanadi. Bu qonunga köra, AQŞda avval qayd qilingan tovar belgisiga öxşaş yoki u bilan bir xil körinişda bölgan tovar belgisini qayd qiliş taqiqlanadi.
“Apple logotipi şunçalik maşhur va bir zumda taniladiki, oddiy xaridorni javobgar servisi Apple bilan boğlangani haqida öylaşga majbur qiladi”, deyilgan uşbu iş hujjatlarida.
Prepear işlab çiquvçilari Apple’ning arzi kompaniyaga salbiy ta'sir körsatganini ma'lum qilişgan.
“Sud xarajatlari minglab dollarga aylandi va 5 kişidangina iborat jamoadan bir kişining işdan böşatilişiga olib keldi”, deyilgan kompaniya xabarida.
Dastur hammuassislaridan biri Rassel Monson “Nokni Apple’dan qutqaring!” deb nomlangan petitsiya e'lon qilgan. Uni hozirda 14 mingdan köproq odam imzolagan. Monsonning ta'kidlaşiça, uning firmasi Apple kabi gigant bilan uzoq sud jarayonini öziga ep körolmaydi.
Prepear’ning yana bir hammuassisi Natali Monson yirik kompaniyaga qarşi çiqmoqçiligini ma'lum qilgan.
“Men Apple’ning sudga tajovuzkor da'volariga qarşi çiqişni va logotipimizni saqlab qoliş huquqi uçun kuraşişni özimning burçim deb hisoblayman. Biz Apple bilan nafaqat logotip, balki yirik texnologik kompaniyalar uçun kiçik biznesni tahqirlaş salbiy oqibatlarga olib kelişini körsatib qöyiş uçun kuraşmoqdamiz”, deb yozgan Natali Monson Instagram’da.

















