Toşkent şahar hokimligi qoşidagi Jamoatçilik kengaşining Facebook’dagi sahifasida Toşkent şahri logotipini tanlaş böyiça ötkazilgan tanlov ğolibi e'lon qilindi.
Özbekiston poytaxti brendi uçun asosiy tayanç timsol bölişi aytilgan logotip muallifi – Temur Sa'diy va MA’NO brending agentligi bölgan.
Temur Sa'diy köp yillardan buyon grafik dizayn va brending sohasida faoliyat olib boradi. Dizayner bir neça maşhur kompaniyalar logotiplari muallifi hisoblanadi, xalqaro Red Jolbors brending tanlovining doimiy iştirokçisi, ekspert hakami hamdir.

Logotip kvadrat şaklida bölib, uning markazida havorang T harfi, Toşkentning oltin darvozalari naqşi tasvirlangan. Logotipdan turli tadbirlar, transport vositalari, parklar, jamoat xizmatlari turlari uçun ham moslaştirib, turli talqinlarda foydalansa böladi.























