11:00 / 01.08.2019
12647
Reklama

Yillar sinovidan o‘tgan hamkor

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘zining 25 yilligini nishonlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi qaroriga asosan, 1994 yil 2 avgustdan “Fallabank” faoliyat yurita boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi qarori asosida “G‘allabank” negizida “Qishloq qurilish bank” tashkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.

O‘tgan yillar davomida bank mijozlarga xizmat ko‘rsatish, qishloq qurilishini kreditlash, tadbirkorlik sub'yektlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish, aholi tadbirkorligini rivojlantirish borasida sezilarli tajriba to‘pladi. Yildan yilga bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami, mijozlar bazasi va infratuzilmalar tarmog‘i kengayib bordi.

Bank 25 yil avval o‘z faoliyatini 8 nafar xodim va 10 ta mijozga xizmat ko‘rsatish bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bank tizimida 3 000 dan ziyod xodim ish yuritmoqda va 807 mingdan ziyod mijozlarga  xizmat ko‘rsatilmoqda. Bankning dastlabki ustav sarmoyasi 8 million so‘mdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bugunga kelib 1 trillion 481 milliard so‘mdan ortdi.

Bugungi kunda “Qishloq qurilish bank”ning sof aktivlari 10 trillion 996 milliard so‘mni va jami kapitali 1 trillion 310 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. 

Bank 42 ta filial,  38 ta minibank, 41 ta jamg‘arma va 52 ta valuta ayirboshlash hamda 44 ta xalqaro pul o‘tkazmalari  shoxobchalari orqali respublika hududlarida aholiga zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatmoqda.

“Qishloq qurilish bank” o‘tgan yillar davomida qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurish bo‘yicha Davlat Dasturlarining faol ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda. 2009-2019 yillarda respublikamizda 123 mingdan ortiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi bo‘yicha ish olib borildi. Ushbu uy-joylarning 80 mingdan ortiq qismi bevosita mazkur bank tomonidan moliyalashtirildi. Shu davrda qurilish ishlari uchun 15,41 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Bu borada mazkur bank tomonidan moliyalashtirilgan uy-joylar uchun 3,23 trln. so‘m aholining mablag‘lari, 6,34 trln. so‘m bankning mablag‘lari sarflandi.

“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” loyihasi doirasida 2012-2016 yillar davomida Osiyo taraqqiyot bankining 425,5 mln. AQSh dollari, Islom taraqqiyot bankining 100 mln. AQSh dol lari va Saudiya taraqqiyot fondining 60 mln. AQSh dollari hajmidagi mablag‘lari jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash doirasida bank Jizzax viloyatida maktabgacha ta'lim muassasalari qurilishini moliyalashtirishda qatnashmoqda. Bank tomonidan 2018-2019 yillar davomida viloyatdagi loyiha qiymati 150 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan 52 ta maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishiga jami 93 mlrd. 266 million so‘mlik mablag‘ ajratildi.

Bank sarmoyalari asosida o‘tgan yillar davomida xududlarda qad rostlagan namunaviy uy-joylar va ijtimoiy soha obektlari oilalarning uy-joyga hamda maktabgacha ta'limga bo‘lgan ehtiyojini  qondiribgina qolmasdan, yurtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, aholining yashash tarzi sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

2011-2019 yillar davomida tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash, asosan qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, sutchilik hamda xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida bank va xorijiy moliya institutlari o‘rtasida 182 mln. 938 ming AQSh dollari qiymatidagi shartnomalar tuzilgan. Hozirgacha tadbirkorlik sub'yektlarining 400 ga yaqin investitsion loyihalari uchun 125 mln.  422 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘lar ajratib berilgan.

Eng muhimi, “Qishloq qurilish bank” tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar xududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish o‘rinlari tashkil etilishiga, zamonaviy servis yo‘lga qo‘yilishiga, aholi tadbirkorligi rivojiga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

Mijozlarga qulaylik yaratish bank tomonidan joriy qilinayotgan xizmatlarning asosini tashkil etadi. Shunga mos ravishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofadan bajariladigan amaliyotlar ko‘paymoqda. Respublika xududlarida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi 28 ta shahobchaning 24/7 rejimida, kechayu kunduz faoliyati tashkil qilingan.

“Fitch” va “Moody's” xalqaro reyting agentliklari tomonidan ATB “Qishloq qurilish bank”ning barcha reytinglar istiqboli “Barqaror” deb e'tirof etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, 25 yilligini nishonlayotgan mazkur bank o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston bank tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi va iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchisiga aylandi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top