ATB “Qişloq quriliş bank” Xususiy sektorni rivojlantiriş islom korporatsiyasi liniyasi hisobidan 3 yillik murobaha asosida moliyalaştirişni taklif etadi. Mazkur xizmat bank va Korporatsiya örtasida tuzilgan “Murobaha şartnomasi” asosida yölga qöyildi. Uşbu kelişuv yurtimizdagi köplab tadbirkorlar tomonidan kutilgan va katta qiziqiş bildirilayotgan Islom moliyasi tamoyillaridan biri bölgan murobaha asosida moliyalaştiriş imkoniyatini berişi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumki, murobaha bu – islom şariati tamoyillari asosidagi moliyalaştiriş usullaridan biri va u savdoga asoslanadi. Bunda mijoz bankka öz ehtiyoji uçun kerakli mahalliy yoki xorijiy mahsulotni sotib olişni sörab murojaat qiladi. Bank esa körsatilgan mahsulotni xarid qilib, mijozga öz ustamasini qöygan holda bölib tölaş şarti bilan sotadi.
Moliyalaştiriş bir qator şartlar asosida amalga oşiriladi. Xususan, şariat tamoyillariga zid bölmagan barça loyihalar, doirasida, asbob-uskuna, jihozlar, oğir va yengil transport vositalari va ular uçun xomaşyo mahsulotlarini xarid qiliş jarayoni moliyalaştirilişi mumkin. Mijozlar 250 000 AQŞ dollaridan 5 000 000 AQŞ dollarigaça bölgan loyihalari uçun mazkur moliyalaştiriş turidan foydalaniş imkoniyatiga egalar.
E’tibor qaratiş joiz bölgan muhim jihat şundaki, sayyohlik, dam oliş maskanlari, mudofaa, köçmas mulk, an’anaviy banklar va suğurta korxonalariga resurs yoki kredit ajratiş, spirtli içimliklar, harom göşt işlab çiqariş va realizatsiya qiliş hamda pornografiya, tungi klub yoki qimorxonalar bilan boğliq faoliyat turlari kabi loyihalar moliyalaştirilmaydi.
Moliyalaştiriş agar şartnomalar xalqaro importni nazarda tutsa, AQŞ dollarida amalga oşiriladi. Öz navbatida, mahalliy bozordan olinadigan uskunalarni moliyalaştiriş murobaha şartnomasi qiymatida AQŞ dollarini milliy valutaga konvertatsiyalaş orqali taqdim etiladi.
Albatta, mijozlarni xizmat muddati qiziqtirişi tabiiy. Bu borada 36 oylik muddat joriy qilingani (oxirgi tölov muddati 30.01.2025) tadbirkor uçun qulaylik yaratadi. Zotan 6 oygaça imtiyozli davr ham taklif etilmoqda. Boz ustiga, mijoz tomonidan savdo summasi har 6 oyda amalga oşiriladi.
Mahsulot narxiga 7.85 + 3 yillik özgaruvçan svop asosidagi ustama qöşilib, uşbu ustama davr oxiriga qadar özgarmas etib belgilanadi. Şu örinda eslatib ötiş joiz, administrativ xarajatlarini qoplaş uçun murobaha şartnomasi sotuv narxining 1 foizi miqdorida bir martalik oldindan tölov mavjud.
Xizmatdan foydalaniş jarayonida agar mijoz tomonidan keçikişlar kuzatilsa, yillik 10 foiz miqdorida penya undiriladi. Ya’ni har bir keçiktirilgan kun uçun tölov grafigi böyiça tölanmagan qoldiq qarz miqdoriga nisbatan yillik 10 foiz miqdorida penya undirilib, uşbu mablağlar Xususiy sektorni rivojlantiriş islom korporatsiyasi tomonidan xayriyaga yönaltiriladi.

















