Respublikamizdagi yetakçi moliya muassasalaridan biri Aksiyadorlik tijorat “Qişloq quriliş bank” 2022 yilni yuqori iqtisodiy körsatkiçlar bilan yakunlamoqda.
Bunga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qiliş strategiyasi töğrisida”gi Farmoni doirasida amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar asos bölmoqda. Xususan, bank xizmatlari sifati yaxşilanib, kölam va qamrovi kengaymoqda. Pirovard natijada bankning ommabopligi oşmoqda.
Hozirda respublikamiz hududlarida “Qişloq quriliş bank”ning jami 103 ta bank xizmati ofislari va bank xizmati markazlari faoliyat körsatib kelmoqda. Ular orqali 700 mingdan ortiq mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari körsatilmoqda.

Hozirga kelib bankning sof aktivlari yil boşiga nisbatan 18,3 foizga oşib, 24 trln 500 mlrd sömga yetdi.
Bankning umumiy kapitali 2 trln 912 mlrd sömni taşkil etib, yil boşiga nisbatan 216 mlrd sömga ortgan.
Bank depozitlari miqdori 8 trln 471 mlrd sömni jumladan, qisqa muddatli 1 trln 63 mlrd sömni, uzoq muddatli 7 trln 408 mlrd sömni taşkil etgan. Bunda uzoq muddatli depozitlar yil boşiga nisbatan 2 trln 94 mlrd sömga, ya’ni 39,4 foizga oşgan.
Bankning 2022 yil yakuni böyiça kredit qöyilmalari 20 trln 221 mlrd sömni taşkil qilib, yil boşiga nisbatan 2 trln 465 mlrd sömga yoki yil boşidagi kredit qöyilmasiga nisbatan 14,1 foizga ösgan.
Bankni transformatsiya qiliş maqsadida, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilingan holda, rivojlaniş strategiyasi yangilandi. Bugungi kunga qadar bankning Çakana, Korporativ, Operatsion bloklari va Risk, Ğaznaçilik, Moliya, IT yönalişlari hamda taşkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatlari xalqaro ekspertlar kömagida transformatsiya qilindi.

Uşbu jarayonda asosan mijozlarga xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, mijozga yönaltirilganlik darajasini oşiriş, xizmat körsatiş vaqtini qisqartiriş asosiy maqsad qilib olindi.
Natijada mijozlarga xizmat körsatiş vaqti 30 foizga qisqartirildi.


















